Toshkentda TÜRKÜNİBning 8-Bosh Assambleyasi boshlandi!
Muallif: Ibrokhim Sana: 15 okt. 2025 Toifa: NewsMa’lumki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida O‘zbekiston 2025–2026-yillarda Turkiy universitetlar ittifoqi (TÜRKÜNİB)ga raislik qilishi davrida “Turkiy ilm-fan va innovatsiyalar kunlari”ni o‘tkazish tashabbusini ilgari surgan edi (https://gov.uz/oz/edu/news/view/93309).
Bugun ushbu tashabbus amalda: Toshkent xalqaro universitetida TÜRKÜNİBning 8-Bosh Assambleyasi o‘z ishini boshladi.
Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanychbek Omuraliyev, Turkiy akademiya prezidenti Shahin Mustafayev, Toshkent xalqaro universiteti rektori Iskandar Yo‘ldoshev ochib berdi.
Assambleyada tashkilotga a’zo mamlakatdan 70 ga yaqin universitet vakillari, jumladan 200 nafarga yaqin rektor va olimlar qatnashmoqda.
Tadbir doirasida “Turkiy ilm-fan va innovatsiyalar kunlari” tashabbusi muhokama qilinmoqda hamda O‘zbekiston universitetlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. translate to english and russian
Ko‘proq Yangiliklar
Oltita turkiy davlatdan kelgan talabalar Izmirda kosmik lagerni yakunladi, STEM hamkorligi kengaymoqda
Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston Respublikasi, Turkiya, Oʻzbekiston va Shimoliy Kipr Turk Respublikasidan oltmish besh nafar talaba va oʻn ikki nafar oʻqituvchi 2026-yil 23-29-avgust kunlari Izmirdagi ESBAŞ Space Camp Türkiye markazida oʻtkazilgan 4-TUA Space Explorers Türkiye kosmik lager dasturini yakunladi.
Ostonada kun tartibi: sunʼiy intellekt, raqamli transformatsiya va TDT sunʼiy yoʻldoshi
TDT Bosh kotibi, elchi Kubanichbek Omuraliyev 2026-yil 30-iyul kuni Ostonada Qozogʻiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, sunʼiy intellekt vaziri Jaslan Madiyev bilan uchrashdi. Bu uchrashuv ilgʻor texnologiyalar turkiy hamkorlikda qanchalik markaziy oʻrin egallaganini koʻrsatdi.
TDT stajirovka dasturiga hujjat qabuli boshlandi: turkiy dunyo yoshlariga koʻp tomonlama diplomatiya tajribasi
Turkiy Davlatlar Tashkiloti 2026-yil 10-iyul kuni stajirovka dasturiga hujjat qabulini eʼlon qilib, turkiy dunyoning turli burchaklaridagi yoshlarni TDT Kotibiyatida koʻp tomonlama hamkorlik bilan bevosita tanishishga taklif etdi. Tanlov 2026-yil 18-avgustda muvaffaqiyatli nomzodlarning yakuniy…
Turkiy dunyoning yosh zehnlari 3-Turkiy dunyo yozgi forumi uchun Istanbulda toʻplandi
3-Turkiy dunyo yozgi forumi 2026-yil 6-15-iyul kunlari Istanbulda «Turkiy dunyoning kelajagi» nomi ostida Ibn Haldun universiteti mezbonligida oʻtkazildi. Dastur boshida TDT Bosh kotibi, elchi Kubanichbek Omuraliyev forumning yosh ishtirokchilarini TDT Kotibiyatida qabul qildi.